Skip to Content


Men ishlatadigan dasturlar


Oxirgi yangilangan sana: 26.03.2025

Yaqinda bitta guruhimizda kundalik nima dasturlar ishlatish bo'yicha gaplashgan edik. Shu dasturlar ro'yxati va qisqacha nima uchun ishlatishimni shu yerga ham yozib qo'ymoqchiman.

Balki kimgadir foydali bo'lar)

1. Notion (https://www.notion.com/)  - vazifalarni boshqarish, kundalik, videolar konspektini yozish uchun.

2. Obsidian (https://obsidian.md/) - fikrlarni bitta bitta yozish va ular orasidagi bog'liqlikni ko'rish uchun. Fikrlashni tiniqlashtiradi. (2-miya)

3. Habit (https://apps.apple.com/us/app/habit-tracker/id1438388363) - kunlik odatlarni nazorat qilish.

4. Wallet (https://budgetbakers.com/) - shaxsiy moliya uchun. 

5. Daily Deeds (https://dailydeeds.co/) - yaqinda Hojiakbar aka (https://t.me/raqamda_gaplashamiz/30 )dan bildim, namoz va boshqa ibodatlarni ko'rib borish uchun, juda zo'r ekan.

6. Unhook (https://chromewebstore.google.com/detail/unhook-remove-youtube-rec/khncfooichmfjbepaaaebmommgaepoid?pli=1) - brouzer uchun extension, YouTube rekommendatsiyani va shortsni o'chirib qo'yadi. Chalg'imaslik uchun.

7. Kindle & Apple Books - elektron kitoblar o'qish uchun.

8. Tarteel AI (https://www.tarteel.ai/)
​Instagramda reklamasi chiqib turardi, uncha e'tibor bermagan ekanman.

​Juda zo'r dastur ekan:
​- Qancha yodlaganingizni kuzatib borish mumkin;
​- O'qiyotganda xato qilsangiz aniqlaydi;
​- Aniqlangan xatoni qayta eshtishingiz mumkin (Aynan nimani xato o'qiganingizni ko'rsatadi);
​- Xatoning to'g'ri versiyasi aslida qanday bo'lishini eshitsangiz bo'ladi;
​- Geymifikatsiya instrumentlari qo'shilgan: ketma-ket nechi kun ishlatganingiz, liderboard, ​grafiklar har kuni dasturni ishlatishga undaydi.
​- Dastur pulli: oyiga $9.99 (iPhone'chilarga $15);

​- To'lay olmayman desangiz, grant dasturi ham bor ekan 
​(https://www.tarteel.ai/alim-program).

POSTLARGA QAYTISH