Skip to Content


The defining decade


Assalomu alaykum, bugun “Hal qiluvchi o’n yillik” kitobi haqida gaplashamiz. Kitobning asl nomi “Defining decade”

Kitob uch qismga bo’lib yozilgan: ish, oila, miya va tana.

Kitobning ish haqida yozilgan bo’limidan olingan beshta darsni ko’rib chiqamiz: 

1-dars: Biz 20-30 yosh oralig’ida kelajakda bizga foydali bo’ladigan ko’nikmalar, tanishlar va boshqa professional resurslar orttiradigan ishlarda ishlashimiz kerak. Bu vaqt davomida shug’ullanadigan kasbimiz bizni shaxsiy va kasbiy jihatdan o’stirishi kerak. O’zimiz uchun bunday “shaxsiy kapital”ni orttirmasligimiz kelajakda depressiyaga tushishimizga, o’zimizga bo’lgan ishonch yuqolishiga olib keladi. Eng muhimi agar bizda shu kapital bo’lmasa oddiy va fundamental kasblar bilan shug’ullanishga majbur bo’lamiz. Chunki boshqa yuqori darajadagi kasblarga tajribamiz ham bilimimiz ham yetmaydi.

2-dars: Bizning ish hayotimizda ya’ni yangi ish topishda, hozirgi sihimizni yaxshilashda unchalik yaqin bo’lmagan(uzoqroq) tanishlarimiz juda katta ahamiyatga ega. Chunki aynan ularning ba’zilari bizga kerakli odamni, korxonani yoki mutaxassisni bilishadi va bizni ular bilan uchrashtira olishadi. Bu yerda yaqin do’stlarimiz yoki oilamiz tanqid qilinmayapti. Shunchaki bizga kasb jihatidan kerakli bo’lgan narsa bizning eng yaqin do’stlarimiz va oilamizda ko’pincha bo’lmaydi. Do’stlarimizda yo’q narsa ulardan kutish esa ularga nisbatan ozgina jabr bo’lishi mumkin. Amal qilish kerak bo’lgan maslhat: yaqin do’st orttirmasangiz ham tanishlaringiz sonini ko’paytiring. Ularning foydasi sizga ko’p tegadi. Ayni paytda siz ham ularga foydali bol’ishga harakat qiling.

3-dars: Hammamizda shunday bir qobiliyat yoki qiziqish bo’ladiki, biz uni tan olishga va atrofdagilarga aytishga qo’rqamiz. Sizda ham shunaqa narsalar bormi yo’qmi shu haqida o’ylab ko’ring. Nima bilan shug’ullanish sizni qiziqtiradi lekin unga erisholmasligingizdan qo’rqasiz.

4-dars: Maktabni bitirgandan keyin ko’p yoshlar o’zini yuqotib qo’yadi va nima qilishni bilmay qoladi. Ko’pchilik bu yoshda do’stlari yoki tanishlari yaxshi natijalarga erishayotganini ko’rib o’zini ham boshqalarga yaxshi ko’rsatishga harakat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda. Muallifning maslahati bu davrda atrofdagilarni xursand qilish yoki muvaffaqiyatga erishishga e’tibor qilmasdan, hayoting davomida nima qilmoqchiligingni aniqlash.

5-dars: Hayotimiz oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Hayotda qilgan ishlarimiz va shug’ullangan kasblarimiz shunchaki bir-biriga aloqasi bo’lmagan ro’yxat emas qandaydir ma’no kasb etadigan hikoya bo’lishi kerak. Shuning uchun u ishdan bu ishga sakrayvermaslik kerak.


Kitobning ikkinchi qismi turmush haqida. Lekin bu qism menga, mening qadriyatlarimga unchalik mos kelmaydi. Shuning uchun aynan bu qismni tavsiya qilmagan bo’lardim. 

Uchinchi qismda esa aql va tanani rivojlantirish haqida. 

Bu bo’limdan olinadigan 1-dars maktablar va o’smirlar haqida. Maktabdan so’ng ko’pgina a’lochilarning omadi kelmasligi sababi muammolar yechish ko’nikmasida. Chunki maktabda oldindan berilgan muammoga aniq formula orqali yechim berish kerak. Haqiqiy hayotda esa bizning muammolarimiz ham mavhum, ularning yechim formulasi ham. Muammolar yechish qobiliyatini shakllantirish uchun esa ko’p odamlar bilan muloqot qilish va g’oyalarimizga boshqa tomondan nazar solishni o’rganish lozim.

2-dars bu yosh davrida muamolar va tanqidlarga nisbatan odatdagidan ko’ra yomonroq reaksiya bildirishimiz. Ayniqsa bizning ishimizga nisbatan aytilgan tanqidni o’zimizga nisbatan aytilgandek qabul qilamiz. Shuning uchun o’sha qilayotgan ishimizdan to’laqonli voz kechamiz. Buning o’rniga biz aytilgan tanqidning asl sababini qidirib topib, uni bartaraf etishimiz mumkin ekan. Yana yomon holatda bir narsaga taslim bo’lish bizning shaxsiyatimizni zaiflashtiradi. Salbiy holatlarga nisbatan qarshilik kuchimiz kamayib ketadi.

3-dars: Bizda maqsadlar bo’lishi bizni xursandroq qiladi va o’zimizga nisbatan ishonchni oshiradi. 20 yoshlarda qo’yilgan va amalga oshirilgan to’gri maqsadlar 30 yoshimizda bizga professionallik va o’zidan qoniqish hissini olib keladi. Shuning uchun o’zingizga kasbiy, shaxsiy hamda ijtimoiy maqsadlar qo’ying.

4-dars esa hozirni deb kelajakni qurbon qilmaslik. Ya’ni biz hozirgi rohatimizni deb butun kelajagimizni xavf ostiga qo’ymasligimiz kerak. Bundan olinadigan xulosa, hozir ozgina qiyinchilikka chidab o’zimizga noqulay va xohlamagan lekin foydali ishlarni qilsak, kelajagimiz farovon bo’lishiga umid qilsa bo’ladi.


KITOBLARGA QAYTISH