Sotish uchun yaratish – bu yo‘q bo‘lishdir
-Boshlang‘ich bosqichda siz ko‘p eshitadigan yana bir savol: “Sizning
chiqish strategiyanggiz qanday?” Siz oldindan buzishni rejalashtirib turib, munosabat o‘rnatasizmi? Siz birinchi uchrashuvdayoq nikoh shartnomasini muhokama qilasizmi?
-Sizga boshqarish strategiyasi kerak, loyihadan chiqish strategiyasi emas
-Agar sizning barcha strategiyangiz zarar ko‘rmasdan chiqishga asoslangan bo‘lsa,
unda sizning bu loyihangiz bilan uzoqqa borishingiz dargumon.
-Kompaniyani keyinchalik sotib yuborish uchun yarata turib, siz urg‘uni
noto‘g‘ri qo‘yayapsiz. Siz mijozlaringizning mehrini qozonish o‘rniga,
xaridor qidirayapsiz
-Agar siz biznesingizni yaxshi olib borayotgan bo‘lsangiz va ishlaringiz yaxshi ketayotgan bo‘lsa, shu ruhda davom etavering.
-Har doim yuklamangiz kamroq bo‘lishiga urining.
-ob’yektning massasi oshib borgani sari uning yo‘nalishini
o‘zgartirish uchun shunchalik ko‘p energiya talab etiladi.
Ko‘lam quyidagilarning hisobiga oshib boradi:
•Uzoq muddatli shartnomalar;
•Keragidan ko‘p xodimlar;
•Uzoq muddatli qarorlar;
•Uchrashuvlar;
•Noaniq tadbirlar;
•Zaxiralar (moddiy yoki mental);
•Ortiqcha asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot, texnologik jarayonlar;
•Uzoq muddatli rivojlanish rejasi;
•Ofis ishlari bo‘yicha siyosatchilar.
Bu ishlardan iloji boricha qoching.
-Massa kam bo‘lsa, siz o‘zingizning
biznes modelingizni, mahsulotingizni, imkoniyatlaringiz to‘plamini,
marketing siyosatingizni tez o‘zgartira olasiz. Siz xato qilsangiz uni tezda
to‘g‘irlashning imkoni bo‘ladi.
-eng muhimi o‘z dunyoqarashingizni o‘zgartirishingiz mumkin.
Rivojlaning
Chegara belgilab qo‘ying
-Nolishni bas qiling. Kam – bu yaxshi narsa. Cheklash – bu imkoniyatni yashirish. Resurslarni cheklanganliga sizni borlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishingizga
majbur qiladi.
- Shunchaki bir oz kashfiyotchiroq bo‘ling va shunda eng kam narsaga ega bo‘lib ham, hayratda qoldiradigan natijalarga erishasiz.
-“Bizga yetmayapti” qo‘shig‘ini kuylashdan oldin, o‘zingizda
bor resurslardan foydalanib, qayergacha borishingiz mumkinligini o‘ylab
ko‘ring.
Mahsulotning yarmini yarating, oxirigacha tayyor bo‘lmagan
mahsulotni emas
-Agar hamma g‘oyalaringizni birdaniga amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, siz
ajoyib g‘oyalar to‘plamini bir rasvo mahsulotga aylantirib qo‘yishingiz
mumkin.
-Sizda vaqt, resurs va ularni bir vaqtda topish imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Bitta narsani ham muvofiq darajada qilish, oson emas.
-Ajoyib yarimiga ega bo‘lish, bemaza butundan ko‘ra
yaxshiroq.
-Sizning ajoyib g‘oyalaringizning ko‘pchiligi bir qancha vaqt o‘tishi
bilan unchalik ham ajoyib bo‘lib tuyulmay qoladi.
-Ko‘pgina narsalar qisqartirilganda yaxshiroq bo‘lishadi.
Tezkor g‘alabalar
-Siz ishning bir qismini bajarib, keyingi maqsad sari olg‘a harakat
qilasiz va bu bilan manashu harakat energiyasini yaratasiz.
-harakatlanuvchi kuchingiz va intilishingiz oldingidek qolishi uchun, siz maqsadingiz sari yo‘lda, kichik g‘alabalarga erishishni odatga aylantirib oling
-Biror ish sizning vaqtingizni qanchalik ko‘p olsa, bu ishning oxirigacha
yetkazishingiz ehtimoli shuncha kamayadi
-Haqiqiy zavq, ishingizni oxirigacha yetkazish va keyin uning
natijasini mijozlarga ko‘rsatishda.
Qahramon bo‘lmang
-Ko‘pgina hollarda qiyinchilik oldida qahramon bo‘lgandan ko‘ra, undan
qochib qolgan yaxshiroq bo‘ladi
-qahramonlardan
ham ba’zida masalaga boshqa tomondan qarash talab etiladi yoki holatni
to‘g‘ri baholashga yordam beruvchi biror kimning fikri kerak bo‘ladi.
-agar qaysidir vazifa bizning birortamizdan
ikki haftadan ko‘p vaqt, kuch va harakat talab qiladigan bo‘lsa, albatta,
hamkasblarimizni taklif qilib ularning fikrlarini so‘rash kerak
-Yo‘qotilgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Eng yomoni bu
holatni davom ettirib, qolgan vaqtingizni ham behudaga sarflashingizdir.
Yotib uxlang
Uyquning hisobiga ishlash – bu yomon fikr.
-sutka davomida to‘xtovsiz ishlashda sizni nimalar kutishi mumkin:
Qaysarlik:
Ijodkorlikning yo‘qolishi
Drayv yetishmasligi:
Irrasionallik.
Yomon(sifatsiz) qarorlar.
Sizning taxminlaringiz noto‘g‘ri
Biz hammamiz noto‘g‘ri baho beruvchilarmiz
-siz uzoq vaqt davomida nimalar sodir bo‘lishini shunchaki bilmaysiz.
-biror vazifaning kancha vakt olishini uni boshlamay turib bilish mumkin emas
-Bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechim – katta vazifalarni bir necha kichik
vazifachalarga ajratib olish kerak
Ishlarning uzun ro‘yxati hech qachon bajarilmaydi
-Iloji boricha, vazifani mayda va mayda qismlarga bo‘lib oling, toki,
siz uni tez va butunlay hal qilishingizga oson bo‘lsin.
-Eng muhimlarini qanday aniqlash bo‘yicha kichkina maslahat: eng
muhimlarini raqam yoki belgi bilan belgilab qo‘ymang. muhimlikni ko‘z bilan belgilab oling. Nisbatan eng
muhimrog‘ini yuqoriga joylashtiring.
Kichik qarorlar qabul qiling
-Katta qarorlarni qabul qilish va o‘zgartirish qiyin
-Siz o‘z g‘ururingizdan voz kechib, fikringizdan qayta olmaysiz.
Shaxsiyatni saqlab qolish xozirgi to‘g‘ri tanlov qilish xohishidan ko‘ra
usutunlik qiladi
-Kichkina qarorlarni qabul qilsangiz, katta xatolarni sodir etishning
iloji bo‘lmaydi. Kichik qarorlarda o‘zgartirishlar kiritish oson
-Kichik qarorlar degani, katta g‘oyalarni o‘ylashning,
katta rejalar tuzishning imkoni yo‘q degani emas
-shunday maqsad bo‘lsinki, unga yeta oladigan holatda bo‘ling va uning
natijasiga tayanib ish ko‘ra oling
muddat qo‘yganingizda aniqlikka erishasiz.
-Shuningdek sizga taklif qilinayotgan yondashuvni mahsulot sifatidan
tejash bilan adashtirmang.
Unumdorlik
Xomaki bitim
-Biznes dunyosi keraksiz xujjatlar bilan to‘lib yotibdi
-Agar siz biror narsani tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, uni hayotiyroq qilib
tushuntirishga harakat qiling
-Mavhumlikdan qochish uchun qo‘lingizdan kelgan barcha ishni qiling.
-Haqiqiy tushuncha ko‘proq haqiqatga yaqinlashgan vaqtda paydo bo‘ladi.
To‘xtatish uchun sabablar
-qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ustida bosh qotirib,
unga sho‘ng‘ib ketish juda oson.
-Siz shug‘ullanayotgan ishlar nima uchun ahamiyatga ega ekanligiga ishonch
hosil qilish uchun o‘zingizga berishingiz kerak bo‘lgan muhim savollar
ro‘yxati.
Nima uchun siz buni qilayapsiz?
Siz qanday muammoni hal qilayapsiz?
Haqiqatdan ham foydasi bormi?
Qadr-qimmat qo‘shayapsizmi?
Bunday ish tutishni o‘zgartirish kerak emasmi?
Yanayam osonroq yo‘li bormi?
Siz buning o‘rniga nima qilishingiz mumkin edi?
Haqiqatdan ham bu ish shunga arziydimi?
-savollarni bershni rasmiyatchilikka aylantirib yuborishning
keragi yo‘q, lekin e’tiborsiz qoldirish ham kerak emas.
-Ba’zida iishni to‘xtatish – to‘g‘ri qo‘yilgan qadam bo‘ladi, xatto siz unga ko‘p
kuchingizni sarflagan bo‘lsangiz ham.
Tanaffuslar-unumdorlik dushmani
-Tanaffuslar sizning ish vaqtingizni bo‘ladi.
-Siz “start-to‘xtash, start-to‘xtash” tartibida muhim ishlarni yakuniga yetkaza olmaysiz.
Buning uchun sizga “alohidalik hududiga” ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri keladi
-Qachonki sizning miyangizni har xil vazifalar
bilan to‘ldirib tashlashmagan vaqtda, ko‘pgina ishlaringizni oxirigacha
bajara olishga qodir bo‘lasiz
-O‘zingizga havola bo‘ladigan vaqt, yarim tundan keyingi soat birga to‘g‘ri
kelishi kerak emas.
-“alohidalik hududi” davomiyy bo‘lsin, bu sizni unumdorlikning tushib ketish holatiga duch kelmasligingizga yordam beradi
-Bu vaqtlarda xabarlar yozishuvi, telefon qo‘ng‘iroqlari, e-maillar va yig‘ilishlardan voz
keching
-sizning kuningiz doimiy tanaffuslar qamalida qolgan,
siz uni ozroq qilishingiz kerak.
Yig‘ilishlar zaharli
-Tanaffuslar turlarining eng yomoni – yig‘ilish. Mana nima uchun:
•Odatda ular haqiqiy narsalar muhokamasi emas, quruq gap va mavhum
fikrlardir;
•Yig‘ilishdag bir daqiqadagi axborotlar miqdori, juda kam;
*
Ularning
uzoqlashishadi; qatnashchilari ikki hisobdan belgilangan mavzudan
- Ular hech qachon bo‘lmaydigan narsalarga astoyidil tayyorgarlik
ko‘rishni talab qilishadi;
•Odatda, yig‘ilishlar mavhum kun tartibidan iborat bo‘ladiki,
ularning asosiy maqsadini hech kim oxirigacha tushunmaydi;
•Ularda o‘zining imkoniyatidan umumiy vaqtni safsatalarga sarflashda
foydalanayotgan hech bo‘lmaganda bitta ahmoq ishtirok etadi;
•Yig‘ilishlar avlod qoldiradi – birinchisining orqasidan boshqasi,
boshqasidan keyin – uchuinchi…
-yig‘ilishlari kerak bo‘lsa, yig‘ilishlarni oddiy qoidalardan
foydalangan holda unumdor qilishga harakat qiling:
•Vaqt belgilang, taymerni o‘rnating va u chiringlashi bilan
muhokamani to‘xtating;
•Yig‘ilishga iloji boricha kamroq odamlarni taklif qiling;
•Har doim kunning aniq shioriga ega bo‘ling;
•Aniq savollar bilan boshlang;
•Yig‘ilishni muammo kelib chiqqan joyda o‘tkazing, suhbatlar uchun
mo‘ljallangan joyda emas;
•Aniq muammolarni ko‘rsating va aniq o‘zgarishlarni taklif qiling;
•Yig‘ilishni qaror qabul qilish va uni bajarishga javobgar shaxsni
tayinlash bilan yakunlang.
Yetarlicha yaxshi bu – ajoyib
-Ko‘pchilik odamlar muammoni qiyinroq yechim taklif qilish bilan hal
qilishga kirishadi.
-Yechimni eng kam sarf bilan, ko‘proq ko‘proq samara
olishga harakat qiling.
-bunday yondashuv bilan siz odamlarning hayratiga
sazovor bo‘lmassiz, lekin, nisbatan tezroq oldinga harakat qilasiz.
-Agar siz masalani hal etishda o‘z usulingizni yetarlicha yaxshi deb
hisoblasangiz, unda o‘sha usulda to‘xtang
-“yetarlicha yaxshi”ni keyinroq ham “ajoyib”ga aylantirsa bo‘ladi.
agar u siznikiga tashrif buyursa, uni ushlab qoling va ishlashga majbur
qiling.