Skip to Content


Faqihlarning "biznesi"


Amallar niyatga bog’liq.

Bir valiy zotning halqalarida dars bo’layotgan ekan, eshik taqillab qolibdi. SHogirdlardan biri darrov turib eshikni ochmoqchi bo’lganida u zot so’rabdilar:
- Nima qilyapsan?
- Eshikni ochmoqchiman.
- Agar man shu eshikni ochishim kerak bo’lib qolganida 50ta niyat qilmasdan eshikni ochmasdim.
Masalan:
  • eshikdan kelgan odam yetim bo’lsa boshini silayman (savob),
  • miskin bo’lsa hadiya beraman(savob),
  • och bo’lsa to’ydiraman,
  • ilmsiz bo’lsa ta’lim beraman,
  • mushrik bo’lsa iymonga chaqiraman va h.k.

Eshikdan kirgan odam shularning qaysidir biri bo’lishi mumkin. Deylik u yetim bo’lsa, uning boshini silayman. Xursand qilaman. Lekin Alloh mening hamma niyatlarimga yarasha savob beradi.
——

Ayni shu voqea biz va valiy zotlarning orasidagi katta farqlardan biri. Ular har daqiqalarini ongli ravishda o’tkazishadi, har bir amaldan oldin obdon niyat qilishadi. Biz uchun oddiy refleks bo’lib qolgan eshik ochishning o’zidan ular bir tog’ savob olishadi. Ana “biznes”! Amal bitta bo'lishi mumkin, lekin leverage bor. 

Bizda esa hammasi avtomatik: ovqatlanamiz-u nima uchun ovqatlanganimizni bilmaymiz. Ishimizda ham xuddi shunday. Lekin agar ovqatlanishdan oldin uning quvvatini Islom yo’lida sarflashni niyat qilinsa, yoki halol tijorat qilishga yordam berishi uchun deb niyat qilinsa balki ko’p ko’p savob olardik?

Bir kunda qancha ish bajarasiz? Eng mayda ishlaringizda ham niyat qilishga harakat qiling.
SHu ishni nima uchun qilyapsiz?
Shunchaki qilishingiz kerak bo’lgani uchunmi?
Yoki bu amalning orqasida nimadir xayrli niyatingiz bormi?

Niyat qilaylik, vaqtimizni ongli o’tkazaylik.
Zora “biznesimiz” foydada chiqsa…

Iyun 3, 2023

POSTLARGA QAYTISH