Fundament esdan chiqmasin
Ustozimni ko’rgani bordim. Ba’zi nasihatlar qildilar. Eng fundament bo’ladiganlaridan. Shu yerda tursin.
Menga ham, boshqalarga ham eslatma bo’lsin:
• Xudodan qo’rqadigan odamlar bilan birga bo’l. Xudodan qo’rqmaydiganlar faqat seni oldingda senga yaxshi, qo’rqadiganlar har doim.
• Yeyotgan luqmangga e’tiborli bo’l. Halol luqma yegin.
Topishing ham halol bo’lsin, yegan ovqating ham halol va pokiza tayyorlangan bo’lsin. Ishonchsiz joylardan ovqatlanma. “Qatiq va nonni o’zi bilan ham 2 yil Rossiyada xizmat qilganman, hech narsa qilmagan.”
• Ota onangdan duo ol, ularga xizmat qil. Ularning duosi beminnat. Bu gapdan meniki minnatli degani emasku, lekin ularniki bittada qabul bo’ladi.
- Ularga oyi, dada deb emas, onaginam, dadajon deb chaqir;
- Uzoqda bo’lsang har kuni ikki mahal telefon qil;
• Har kuni o’qi.
Masters never don't do the basics.
Alex Hormozi
Oktabr 26, 2024