Pul psixologiyasi
Pul juda yaxshi narsa-a? Uni deyarli hamma yaxshi ko’radi 😉
O’sha hamma yaxshi ko’radigan pulni ko’paytirish, saqlab qolish bo’yicha yozilgan oxirgi yillarni eng mashhur kitoblaridan bittasi bu “Psychology of money”, ya’ni “Pul psixologiyasi” deb nomlanadi.
Bugun o’sha kitobni qisqacha mazmuni va undan olinadigan asosiy darslani ko’rib chiqamiz.
Undan oldin, bu insholarni nima uchun yozayotganimizga bitta to’xtalsak: bu inshoni man odamlar ko’rsayu ko’rmasa baribir yozardim. Chunki nimalarni eslab qoldim, nima amaliy tavsiyalar va xulosalar qilganimni bilishim kerak edi.
Hech kim "tupoy" emas
Odatda shunaqa holat bo’ladi, atrofdagilarni qilayotgan qarorlariga qarab bu odamni kallasi ishlamaydimi deb o’ylaysiz. Lekin shoshilmang. Odamlar barcha qarorlarini o’zlari va yaqinlari boshdan kechirgan tajribalar, ular yashayotogan davr va siyosiy holatdan kelib chiqib chiqarishadi.
Masalan, bobongiz va sizning tadbirkorlik bo’yicha fikrlaringiz umuman mos kelmasligi mumkin. Chunki bobongizni davrida tadbirkorlik “chayqovchilik” bo’lgan va jinoyat hisoblangan bo’lishi mumkin. Yoki dadangiz ortiqcha pulimizga yiliga 10-15% o’sadigan aktiv olib qo’yaylik desalar sizga kulguli tuyilmasin. Balki ular hozir yillik 60%dan ikki baravargacha oshadigan imkoniyatlar borligi bilmasdirlar?
Hammaning qilayotgan qarorlari orqasida yetarlicha sabab yotganini yaxshilab eslab olish kerak.
Shunda ularning moliyaviy qarorlariga nisbatan:
«Men bu qilgan qaroringni oqlamaymanku-ya, lekin nega bunday qilganingni tushunaman» der edingiz.
Omad va risk
Yaxshi moliyaviy natijaga erishmagan odamni “judge” qilishga shoshilmay turing. Uni shunchaki omadi kelmagan bo’lishi ham mumkin.
“Muvaffaqiyatga erishganlar” ko’pincha qanday erishgani to’g’risida so’ralsa, ko’p mehnat qildim, uyqusiz tunlar ko’p bo’ldi, ko’p narsa o’rganishimizga to’g’ri keldi deydi. Lekin nima, xuddi shunday lekin muvaffaqiyatga erishmagan loyiha yetarlicha mehnat qilmaganmidi?!
Ba’zida shunday vaziyatlar ham bo’lib qolishi mumkin: siz 80% ehtimol bilan yashi natija beradigan bir tavakkal qildingiz, lekin aynan sizni holatingiz 20% yomon natijaga to’g’ri kelib qoldi. Bo’lishi mumkinmi, ha.
Yana bir boshqa odam esa bor yo’g’i 20% yutuq ehtimoli bor riskga qo’l urdi va qaysidir sabab tufayli, yutdi.
Jamiyat ikkinchi toifa odamlarni ko’kka ko’taradi, garchi birinchi holat aqlliroq va puxta hisoblanganroq bo’lsa-da.
Muvaffaqiyatimiz ostida omadning o’rni ko’pincha biz o’ylagandan ko’ra ancha kattaroq.
G’alabangiz siri nimada deb sizdan so’rashsa, iltimos qilaman “Omadim keldi” deb javob bering.
Omadingiz kelgani uchun muvaffaqiyatga erishganingizni haliyam tan olmayotgan bo’lsangiz, keling sinab ko’ramiz:
- Bu ishni qilgan paytingiz, omadingiz kelib, o’xshab qoldi. Yo’qmi? Qattiq mehnat qildizmi? Mayli siz aytgandek bo’lsin;
- Ishni o’zingiz qilgan bo’lsangiz ham, uni sizga o’rgatadigan odamni topishda omadingiz kelgani uchun “kuchayib kettingiz”. Yana “yo’q, o’qituvchini ham o’zim qidirib qidirib topdim” desangiz, unda bu soha borligini qayerdan bildingiz?
- Yo’q hammasini o’ziz uyushtirib bajargan bo’lsangiz ham, xop tug’ilishingiz qanaqa bo’lgan? 10milliontani ichidan sizni omadingiz kelgani uchungina tug’ildingiz. Shuning uchun omadni o’rni juda juda juda katta, unutmang:
Sizni xafa qilishga majburman: sizni shunchaki omadingiz kelib qoldi xolos.
Ha lekin buni teskarisi ham bor, ishingiz o’xshamasa, “ha omadim kelmadida” demasdan, aybni o’zingizdan qidirishingiz siz uchun foydaliroq.
3-dars: Yetarlilik haqida
Siz to’g’ri hozir ko’p pul topmoqchisiz, lekin ochko’zlik hech qachon sizni maqsadga olib bormaydi. O’zingizga qachon yetarli deyishni o’rganishingiz kerak.
O’zingizda bor va kerakli narsani hech qachon o’zingizda yo’q va keraksiz narsaga alishtirmang.
Agar siz buni o’qiyotgan yoki ko’rayotgan bo’lsangiz va sizda o’z ehtiyojlaringiz va aksariyat xohishlaringizni moliyalashtirish uchun yetarlicha mablag’ bo’lsa, eslab qolishingiz kerak bo’lgan bir nechta narsalar bor:
Maqsadni kattalashtiraverishni to’xtatish eng katta kuchlardan biri:
- Boshida $1000 topmoqchi bo’ldiz, keyin $10 000, keyin $ 1 million. Agar keyin keyingi keyingi deb maqsad qo’yilarversa, hehc qachon yetib bormaysiz. Chunki men oxirgi marta tekshirganimda raqamlar cheksiz edi)
O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang.
- Eng boy odam bir dona bo’ladi. Bu o’yinga kirishish mag’lubiyatni tan olishdek gap, kirmang.
Risk qilishga arzimaydigan narsalar bor:
- Reputatsiya - bebaho;
- Mustaqillik va erkinlik - bebaho;
- Oila & do’stlar - bebaho;
To’xtash uchun signalni eng kattasi, qachondir shu tepadagi narsalarga zarar yetishi mumkin bo’lsa, shunchaki o’sha riskni qilmaganingiz ma’quldir?
Keyingi dars - compounding haqida
Murakkab foiz - dunyoning 8-mo’jizasi.
Eynshteyn
Uorren Baffetni hamma eng zo’r investor deb biladi. Uning siri u yaxshi investitsiya qilishida deb o’ylashadi. Lekin $84.5 milliard boyligining $81.5 milliardi 65 yoshidan keyin kelgan ekan.
Uning ishi investitsiya, lekin uning siri - vaqt*.
*Ya’ni uzoq muddat o’sib borishida.
Imkoniyatlarimizni kam bo’lsa ham doimiy o’sib boruvchi narsalarga sarflaylik.
Pulni topish boshqa narsa, saqlab qolish boshqa narsa.
Pulni saqlab qola olaman deb o'ylasangiz, fikringizni o'zgartirish uchun statistika:
- Amerikadagi eng boylar ro'yxatida har 10 yilda deyarli 20% odam almashar ekan. Hattoki eng boylar ham boyligini saqlab qolishga qiynalar ekan. Siz ulardan aqlliman deb o'ylashingizga nima sababingiz bor?
Saqlab qolish uchun esa paranoyak bo'lish kerak:
- Tez boyib ketishdan ko'ra bankrot bo'lishning oldini olish. Kichik bo'lsa ham kapitalingiz doimiy o'sib borsin. Katta va noratsional risklar qilmang;
- Rejlashtirish muhim. Lekin mukammal reja - reja reja bo'yicha ketmasligini hisobga olgan rejadir. (Meniyam tilim chigallashib ketdi aytguncha)
- Kelajak haqida yaxshi gumonda bo'lish. Lekin o'sha kelajakka yetib borishga to'siq bo'ladigan narsalardan doim xavotirlanish.
Erkinlik
Pul keltirishi mumkin bo'lgan eng yaxshi narsa bu erkinlik.
6 oylik xarajatlarni qoplashga yetadigan zahirangiz bo'lsin. U sizga hozirgi boshlig'ingizning ortiacha qiliqlariga chidamaslikka imkon beradi. Yangi ish topishga bemalol imkoningiz bo'ladi.
Oilangizga ham pul (yoki u keltiradigan narsalar)dan ko'ra siz o'zingiz ko'proq keraksiz. Ular bilan ko'proq vaqt o'tkazing
Hurmat va havas
Sen qimmat moshina, zo'r soat, katta uy xohlayman deb o'ylashing mumkin. Lekin seni ishontirib aytaman sen bu narsalarni xohlamaysan. Sen xohlayotgan narsa bu boshqa odamlarning senga hurmati va havasi. Buni qimmat narsalar olib kelmaydi. Ayniqsa hurmatini qozonmoqchi bo'lgan odamlaringni.
Hurmat va havas qilinish sening maqsading bo'lsa, unga qanday erishmoqchiligingga e'tiborli bo’l. Kamtarlik, mehribonlik va odamlarni tushunish seni hurmatli qiladi, "ot kuchi" emas.
Boylik ko'rinmaydigan narsalarda.
- Sening jamg'armalaringni hech kim ko'rmaydi;
Odamlarga ko'rsatmoqchi bo'ldingmi, boyliging kamayadi.
Shuning uchun ko'proq pulni to'playverish kerak. Ko'z ko'z uchun xarajatlarni ko'paytirish emas.
Oktabr, 2024