Qo’zg’olon
G’azodagi holat, ba’zi qonunlarni ishlamasligi, kimdir kimdirni so’kkani…
Xullas, jahling chiqishi uchun qancha xohlasang sabab topsa bo’ladi. Kimlargadir isyon qilging keladi.
Lekin jiddiy savol: seni qilgan isyoning biror narsani o’zgartiradimi???
To’g’ri, bo’layotgan vaziyatdan norozisan, buni bildirishing kerak. Chumoliga o’xshab tarafingni bildirmoqchisan, yoki yomon muhitni tark etmoqchisan. Keta olasanmi? Ketishga resurslaring yetadimi?
Hozirgi holatingda sen qilgan nimanidir ta’siri bo’lishi uchun biron sohada kuchli bo’lishing kerak. Kuchli bo’lmasang, kuchayishga rivojlanishga harakat qilishing kerak.
O’zingni rivojlantir, shug’ullan, o’rgan.
Shaxsiy rivojlanish aslida eng katta isyon.
Personal excellence is the ultimate rebellion
08.06.2024