Skip to Content


Trendlarni oldindan bilish

Noyabr 2025

Trend.
Biror narsaning qayerga qarab ketayotgani (oqimi).

Oqimda suzish oson bo'ladi. Shamol bilan bir yo'nalishda yugurish ham oson. Endi rivojlanayotgan sohada ishlash osonroq. Xatolar kechirilishini aytmasa ham bo'ladi, axir o'rningizga kimni topishadi?

Trendlarni oldindan ko'rolsangiz, siz boshqalardan oldinroq harakat qila olasiz va bu sizga katta ustunlik beradi. Boshqalar bilan bir xil ishlasangiz sizda natija ko’proq bo’ladi. 
Shu narsalarni o'ylab manda savol keladi: Qanday qilib trendlarni oldindan payqash mumkin?

Trend bu o'zgarish degani. O'zgarishlarni payqash uchun esa siz ularning hozirgi holatini bilishingiz kerak.
Termometr 25 C ko'rsatayotgan edi, 26 C'ga o'zgarsa "harorat o'sish trendida ekan" deb xulosa qila olasiz. Lekin buni xulosa qilish uchun, avval, 25 ekanini bilishingiz kerak edi.
Agar biror sohani bilmasangiz, u sohada dunyo ostin-ustun bo'lib ketsa ham sezmaysiz.
Siz hozir rakka qarshi davo topishning oxirgi trendlarini bilasizmi? Men ham.

Innovatsiyaning diffuziyasi degan nazariya bor. U innovatsiyalar qaday qilib omma orasida tarqalishini tushuntiradi. Unga ko'ra biron innovatsiyani tarqalishida 5 xil kategoriya insonlar bor:

Bizni mavzumizga aloqador qismi, trend bu Early adopter (erta moslashuvchilar) va Early majority (boshlang'ich omma) orasida tarqalayotgan paytga to'g'ri keladi. Nazariyada keltirilishicha, erta moslashuvchilarning eng asosiy xislatlaridan biri sinab ko'rishdan qo'rqmaslik. Ular har xil yangi mahsulotlar, texnologiyalar va g'oyalarni sinab ko'rishadi. Hammasini ishlatmasliklari mumkin, lekin sinab ko'rishdan qochishmaydi.  
Biz ham har xil narsalarni sinab ko'raversak, trendlarni ushlab olish ehtimolimiz oshadi.

Har xil narsalarni sinab ko'rgandan keyin endi ularga odamlarning munosabatini kuzatishimiz kerak. Odamlar nimadan xursand, nimadan norozi. Shularga qarab mahsulot / ishimizni ozgina o'zgartirib yana test qilamiz. Uyog'i "trial and error".
Har bir yaxshi feedback olganda, sabablarini batafsil yozib chiqamiz. Nega bu odamlarga yoqdi? Nega yaxshi qabul qilishdi? Nega bu ishladi?
Vaqt o'tishi bilan biz o'sha sohada "ko'pni ko'rish" darajasiga yetamiz.

Bizdan oldinroqda yuradigan bozorlarni kuzatish ham juda yaxshi variant: AQSh, Rossiyada biron sohada hozir bo’layotgan voqealar 2-5 yilda bizga ham yetib keladi. Masalan, man internetda ko’rayotganim Live-shopping (ijtimoiy tarmoqda jonli efirda mahsulot sotish) sekin ommalashyapti. Tez orada bizga ham kirib kelsa kerak.

Trendlarni oldindan bilishni yana bir yo’li - makrostatistika. Bizning davlatga tegishli hammasi: aholi soni, YIM, tashqi qarz. Oddiygina aholimizning yosh bo’yicha kesimini ko’rib ancha-muncha xulosalar qilsa bo’ladi. Yosh bolalar atrofidagi hamma narsa: bog’cha, maktab, yosh bolalar meditsinasi sohalarida o’sish ancha katta bo’lishini Aziz aka 3 yil oldin aytgan edilar.
O’zbekiston ma’lumotlarini stat.uz dan olsa bo’ladi.

Oxirini George Mack'ning iqtibosi tarjimasi bilan tugatmoqchiman:
“Agar siz biror narsani Reddit’da o’qiyotgan bo’lsang, hali juda erta. Instagramda ko’rgan bo’lsangiz hozir eng trendda. Agar LinkedIn’da ko’rayotgan bo’lsangiz, kech qolibsiz.”
TLDR:
  •  Trendlarni o'zingiz bilgan sohadagina payqay olasiz.
  • Early adopters mindset
    • Yangi narsalarni to’xtovsiz sinab ko’rish;
  • Kuzatuvchanlik: Odamlar, statistika, bizdan oldingi bozorlar.


POSTLARGA QAYTISH