Yozishdagi qiyinchiliklar
Yanvar 2026
1. Biron mavzuda yozishdan oldin clear message bo’lishi kerak deb o’ylagandim.
Lekin shu note’ni yozish boshidanoq Aziz akaning thinking in paper approachlari esimga tushdi. "Thinking in paper" nima? Biron tushunmagan mavzuyingiz haqida yozishni boshlaysiz. Savol qayerdan keldi, nimalar eshitdingiz, taxminlaringiz, manbalar. Eng mashhur insho yozuvchi ham shu fikrda.
2. Mavzu topishdagi qiyinchiliklar:
A. Mavzu yo’qligi. Bu bo’yicha ai bilan qilingan suhbatga qaraganda, mavzu doim bor. Chunki yozuvchi mavzu yaratadigan odam emas. U mavzularni payqaydigan odam. Lekin shunda ham o’zingiz uchun eng katta kategoriyalarni qilib olsangiz bo’ladi:
- O’rganganlarim;
- Sarhisob (Qanday bo’ldi?);
- Ikkita odam qoidasi (bir xil narsani ikkita odam sizdan so’rasa shu haqida post yozish)
- Triggerlar: sizni hayratlantirgan, g’azablantirgan, yaxshi taasurot qoldirgan narsalar.
B. Mavzu bo’yicha yetarlicha material yo’qligi. Bunda ham approach mana bunaqa bo'lishi kerak degan xayol keldi:
- Sen shu mavzuda hozir bilgan hamma narsangni yozasan. Qog'ozga tushirganingda qaysi qismlarini unchalik bilmasliging aniqlashadi. Shunda endi o'rganadigan narsang aniqroq bo'ladi;
- Borib ko'proq o'rganib kelasan;
- Keyin yana yozasan
3. O'sha mavzuda credibility bo'lishi kerakmi?
Credibility bo'lishi qachonki boshqalar nima qilishi kerakligini yozayotgan bo'lsangiz kerak. Masalan, siz ozish bo'yicha "Siz ozishingiz uchun mana bu mana bu narsalarni qilishingiz kerak" degan ohangda yozayotgan bo'lsangiz, unda siz shu sohada gapirishga haqli ekaningizni ko'rsatadigan narsa kerak. Lekin "Men o'zim ozishim uchun mana bu narsalarni sinab ko'rdim. 2 va 3 natijasi ko'ngildagidek bo'lmadi" degan mazmundagi matn uchun esa, hech qanday credibility kerak emas.
Undan tashqari yozayotgan odam, o'zi qilayotgan ishining ilmini ham ozgina bilishi kerak. Buni esa eng yaxshilardan o'rganadi:
Blog muallifi qiziq kuzatuvlar topishi, noyob voqealarni bilishi, kim uchun yozayotganini tushunishi, samimiy bo'lishi ham kerak. Shunda yaxshi blog bo'lish ehtimoli oshadi.
Parallel Muhit, Aziz Rahimov
Demak, yaxshi yozuvchi bu:
- yaxshi kuzatuvchi - ya'ni triggerlar;
- kim bilan gaplashayotganini biladi;
- samimiy bo'lishi kerak. Bularni credibility qismida gaplashdik.