Shaxsiy moliya
Noyabr, 2025
Man moliya bo’yicha ko’pincha qiynalaman.
Allohga shukr pul topishim yomon emas. Lekin bekorchi xarajatlarim ko’p. Qo’shimcha mas’uliyatim ko’p emas: oila qurmaganman (hozircha), uyimdagilar ham aynan men topgan pulga qarab qolishmagan.
Topgan pulim faqat o’zimga ketadi.
Ko’chada ovqatlanish, qo’shimcha “activity”lar eng katta xarajatlar kategoriyasini tashkil qiladi. O’zim uchun oxirgi payt eng miyani portlatgan narsa mana bu gap bo’ldi:
Men shaxsiy moliyamni 16 yoshdan beri yuritaman va 16-40 yosh orasida topgan har bir dollar pulimdan 50 sentni (yarmini) to’plab qolishga muvaffaq bo’lganman.
Bu eshitilishi oson, lekin amalda juda murakkab ish.
Hozirgacha sinab ko’rganlarim:
- Tushgan pulni Visa’da saqlash (Foyda bermadi, chunki eng birinchi rejadan tashqari holatda ishlatib yuborishga oson)
- Naqd to'plash: bu ham xohlasangiz osongina ishlatib yuborasiz
- Oltinda saqlash: sotib olish uchun ham, sotish uchun ham noqulay. Sotish - sotib olish orasidagi narx farqi katta, ko’p % yutqazib qo’yish mumkin. (Hech bo’lmaganda menda shunday bo’lgan edi)
Lekin shunday bo’lsa ham, moliyani to’g’irlash yana yana qayta boshlashga arziydigan ish. Bu safar endi ozgina boshqacharoq yo’l qilmoqchiman:
- Istalgan joydan daromad topishim bilan, yarmini Imanum’ga o’tkazib qo’yaman. Hozircha ularning yaxshi tomoni, to’ldirish oson lekin yechish unchalik oson emas. Pulning summasiga qarab 1 kundan 60 kungacha vaqt oladi, bu esa impulsiv qarorlar qilishning oldini oladi.
Natijasini ham yozib boraman.
Xop lekin nega bunchalik agressiv pul to’plash? Undan ko’ra o’sha orttiradigan pulingni o’zingni rivojlantirishga sarflasang bo’lmaydimi? Bo’ladi va shunday qilish kerak ham! Lekin buni savings hisobidan emas, daromadni ko’paytirish hisobiga qilish kerak. $500lik narsa xarid qilmoqchi bo’lsam, $1’000 topishim kerak. Shu xolos. Qolgan 50% xohlaganimcha sarflashim mumkin.
Shunday qilsam, boshqa qiladigan xarajatlarim vijdonni ham qiynamaydi)